Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:36

Rossiya havo kuchlari va Suriya armiyasi Halabni ozod etishga tayyorlanmoqda


Rossiya havo kuchlari va Suriya armiyasi Halabni ozod qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb aytgan Suriya Bosh vaziri Vail al-Halakiy.

Rossiya xabar agentliklariga ko‘ra, u bu haqda 10 aprel kuni Suriyaga safar qilgan Rossiya parlamenti vakillariga bildirgan.

"Rus sheriklarimiz bilan birga biz Halabni ozod qilishga va otashkesim shartnomasiga qo‘shilmagan yoki uni buzgan hamma guruhlarni yo‘lini to‘sishga tayyorgarlik ko‘rayapmiz," deb aytgan Suriya Bosh vaziri.

Suriya monitoring guruhi 10 aprel kuni tarqatgan xabarga ko‘ra, Halab shahri atrofida so‘nggi 24 soat ichida yuz bergan to‘qnashuvlarda kamida 16 nafar hukumatparast jangchilar va 19 nafar al-Qoidaga aloqador isyonchi guruhlar a’zolari halok bo‘lgan.

Suriya Inson Huquqlari Observatoriyasi ma’lumotiga ko‘ra, Halab viloyati janubidagi bir necha jabhada janglar o‘tgan tunda ham davom etgan.

"Islomiy davlat" va al-Qoidaga aloqador al-Nusra Jabhasi Qo‘shma Shtatlar va Rossiya o‘rtachiligida imzolangan bitimga kiritilmagan.

XS
SM
MD
LG