Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:30

OzodMikrofon: Prokuraturaga kirish prezident devoniga kirishdan qiyin bo‘lib ketdi


OzodMikrofon eshittirishiga Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanidan bog‘langan 65 yashar pensioner Eson Isaxonov o‘zini qiynayotgan muammo bo‘yicha tuman prokuraturasi va "Ishonch telefoni"ga qilgan murojaatlariga tegishli javob ololmayotganidan arz qildi. U suhbat orasida Kattaqo‘rg‘onning temir qo‘rg‘on ichida qurilgan yangi, hashamdor prokuraturasi va uning fuqarolarni qabul qilish tartibini tanqid qildi.

Eson Isaxonovga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on shahrida qurilgan prokuraturasi binosiga kirish O‘zbekiston prezidenti devoniga kirishdan ham qiyinroqdir:

- Menimcha, prezidentning qabuliga kirish ham bunchalik qiyinmasdir-ov! Atrofini temir panjara bilan o‘rab tashlashgan. Vahimaki, qo‘yavering! Eshigini tagiga ikkita qorovul, melisa qo‘yishgan. So‘rab-surishtirib, telefon qilib, rossa tekshirgandan arang qo‘yadi ichkariga. Ichkarida ham pastda kutasiz soatlab. "Hali yo‘q, hali kelmadi" deb kuttiradi rosa. Arizangizga na javob bor, na siz bilan biri ko‘rishadi. Shunchalik vahima shartmikin?! O‘zbekistonda bu qadar vahima qilishga arziydigan nima bor ekan?! - deydi Eson Isaxonov.

U aslida tumandagi sihatgohlardan birida ishlagani va bu yerda o‘z mablag‘iga qurgan bir bino hamda jonli burchagi noqonuniy ravishda buzilganidan prokuraturaga shikoyat qilgani, ammo tegishli javob ololmayotganidan arz qilmoqda.

Quyida Isaxonov bilan suhbatni to‘liq tinglashingiz mumkin:

OzodMikrofon: Туман прокурори қабулига кириш президентга киришдан ҳам қийин бўлиб кетди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:29 0:00
Бевосита линк

------------------------------------------------------------------------------------------

Muhim eslatma: OzodMikrofon rukni ostida berilaëtgan fikr-mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG