Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:27

Hindistondagi ibodatxona yonib ketishi oqibatida yuz odam halok bo‘ldi


Hindistonning Kerala shtatidagi hindu ibodatxonasida yuz bergan yong‘inda yuzdan ortiq odam halok bo‘ldi, uch yuzga yaqin odam jarohatlandi.

Xabarlarga qaraganda, yong‘in ibodatxona yaqinidagi pirotexnika omborida yuz bergan portlash oqibatida kelib chiqqan. Mazkur oborxonada hindular festivali uchun olib kelingan feyrverklar saqlangan.

Yong‘inda jarohatlanganlarning ko‘pchiligi o‘ta og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda. Hind matbuotning bildirishicha, hukumat ibodatxona xavfsizligini ta’minlash maqsadida festival paytida feyrverk o‘tkazishga ruxsat bermagan.

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi voqea joyida borib, halok bo‘lganlarning oila a’zolariga ta’ziya bildirdi.

XS
SM
MD
LG