Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:14

Savchenko tibbiy yordamga muhtoj


Rossiyada 22 yilga ozodlikdan mahrum qilingan ukrain uchuvchisi Nadejda Savchenko tibbiy ko‘makka muhtoj bo‘lib, uni zudlik bilan shifoxonaga yotqizish zarur. Bu haqda bugun Nadejdaning opasi Vera Savchenko Feysbuk sahifasi orqali ma’lum qildi.

7 aprel kuni advokat Mark Feygin Savchenko ukrain yoki nemis shifokorlari uni tekshirishini talab qilayotgani haqida xabar qildi.

Ukraina sharqida 2014 yili rossiyalik ikki jurnalistning o‘limiga aloqadorlikda ayblangan Nadejda Savchenko shu yilning 22 mart kuni uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilingandi. Hukm 5 apreldan kuchga kirgan. Ertasidan boshlab u quruq ochlik e’lon qildi.

Savchenko o‘ziga qo‘yilayotgan ayblovni inkor qilgan hamda o‘zining hibs etilishi va sudlanishiga norozilik ifodasi o‘laroq avval ham bir necha marta ochlik e’lon qilgan.

Uchuvchining advokatlari oldinroq Savchenko o‘ziga nisbatan jinoyat ishining qonuniy ekanini tan olmagani uchun sud hukmi ustidan shikoyat arizasi yozmasligini bildirgandilar.

Savchenko 2014 yil iyunida Ukraina sharqida ayirmachilarga qarshi ko‘ngillilar batalьonida jang qilayotgan paytda qo‘lga olingani va Rossiyaga noqonuniy ravishda olib kelinganini aytib keladi. Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Kiev Savchenkoni rossiyalik mahbuslarga almashishga tayyorligini bildirgan, biroq Kreml uchuvchi ayol qamoq muddatini Rossiyada o‘tashini ta’kidlamoqda.

XS
SM
MD
LG