Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:21

OzodlikOnline: O‘zbekistonda masjidlar yetarlimi?


Fath jome’ masjidi
Fath jome’ masjidi

Keyingi bir necha kun ichida masjidlar mavzusi yana kun tartibiga chiqdi. O‘zbekistonlik muhojirlar Shvetsiya poytaxti Stokholmda ilk Islomiy Madaniyat Markazi qurilishini boshlashaëtgani va Minor masjidi xonaqohga sig‘magan namozxonlarning bino yerto‘lasida ibodat qilgani haqidagi maqolalar juda ko‘p bahslarga sabab bo‘ldi. OzodlikOnlinening seshanba, 12 aprelь kungi sonida ushbu mavzuni muhokama qilamiz.

Bu bahs ishtirokchilari muammo ildizini O‘zbekistondagi masjidlar soni aholiga nisbatan kamligida deb ishonishadi.

Yana bir guruh esa O‘zbekiston masjidlarini MXX nazoratida mafkuraviy tarbiya beradigan “davlat idorasi” deb bilishadi.

O‘zbekistonda 1998 yilga qadar mamlakatda rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan masjidlar soni yetti mingdan oshar edi.

Bugunga kelib esa, aholisi 30 million kishidan oshgan O‘zbekistonda 2039 ta masjid mavjud ekanligi aytilmoqda.

Qiyoslash uchun: aholisi 5 yarim million kishilik Qirg‘izistonda 2200 ta, aholisi 7 mln kishilik Tojikistonda qariyb 3500 ta masjid mavjud.

Dubay Islom iqtisodini rivojlantirish markazining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda dunyo bo‘yicha 3,6 million masjid mavjud. Bu har 500 musulmonga bitta masjid to‘g‘ri keladi, deganidir. Markaz tadqiqotlariga ko‘ra, 2019 yilga borib, jahondagi masjidlar soni 3,85 millionga etadi.

Dunyodagi eng ko‘p musulmonlar (221 million) yashaydigan Indoneziyada 800000 masjid faoliyat yuritmoqda (AFP ma’lumoti).

Bangladesh Islomiy jamiyati ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda jami 250399 ta, poytaxt Dakkada 6000 masjid mavjud.

Wikipedia ensiklopediyasiga ko‘ra, Hindistonda 300000 dan ortiq, Pokistonda 120000 dan ortiq masjid ro‘yxatga olingan.

Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2014 yil so‘nggida mamlakatdagi masjidlar soni 86101 tani tashkil etgan.

OzodlikOnlinening seshanba kungi dasturida “O‘zbekistonda masjidlar yetarlimi¸ uning faoliyatidan qoniqasizmi?” degan savolni muhokama qilamiz.

Bu borada jamoatchilikka aytishni istagan fikr-mulohazalaringiz bo‘lsa, marhamat qilib, dasturimizga qo‘shiling!

OzodlikOnline: jonli muloqotining navbatdagi soni seshanba, 12 aprel, Toshkent vaqti bilan soat 19:05 da boshlanadi!

Marhamat, siz ham bog‘laning:

IMO: +420 724 971 539

WhatsApp: + 420 724 971 539, + 420 602 612 713

VIBER: + 420 602 612 713

SKYPE: Ozodskype, Ozodlikonline, Ozodovoz

XS
SM
MD
LG