Линклар

Шошилинч хабар
24 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:18

Stavropolda politsiya bo‘limiga hujum qilganlarning shaxsi aniqlandi


Rossiyaning Stavropol o‘lkasida politsiya bo‘limiga hujum qilgan uch kishining shaxsi aniqlandi. Rossiya tergov qo‘mitasiga ko‘ra, bular Novoselitsk tumanida yashagan 33 yoshli Zaur Akaev, 25 yoshli Ramazan Xaybulaev va 20 yoshli Isay Abdulatipovlardir. Hujumchilarning barchasi qotillik moddasi bo‘yicha muqaddam sudlangan.

Dastavval ulardan faqat biri xudkush kamarini harakatga keltirgani xabar qilingandi. Hozirda ularning har uchchalasi o‘z-o‘zini portlatgani taxmin qilinmoqda.

11 aprel kuni Novoselitsk tumani markazidagi politsiya bo‘limiga qilingan bu hujumdan politsiyachilar va aholi jabrlanmagani, faqat politsiya binosi va bir necha avtomobilga shikast etgani aytilmoqda.

Hodisa yuzasidan Rossiya Tergov qo‘mitasi jinoyat ishi ochgan, tumanda aksilterror amaliyoti tartibi joriy qilingan.

XS
SM
MD
LG