Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:11

“IShIDchi” Avakyanning yaqinlari bilan AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari uchrashdi


IShID aloqadorlik aybi bilan qamalgan Aramais Avakyan
IShID aloqadorlik aybi bilan qamalgan Aramais Avakyan

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax viloyat sudi tomonidan joriy yil fevralida 7 yilga ozodlikdan mahrum qilingan O‘zbekiston fuqarosi, etnik armani nasroniy Aramais Avakyanning xotini va onasi hamda Avakyan bilan sudlangan yana bir fuqaro Furqat Jo‘raevning yaqinlari o‘tgan hafta oxirida AQShning Toshkentdagi elchixonasida qabul qilindi.

Ayni paytda O‘zbekistonning markaziy telekanallaridan birida Avakyan va u bilan birga sudlanganlar to‘g‘risida maxsus ko‘rsatuv efirga uzatilishi kutilayotganligi aytildi.

Aramaisning onasi Flora Avakyanning Ozodlikka aytishicha, elchixonada bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida uni, kelini Shirinni hamda Furqat Jo‘raevning onasini AQSh elchisi Pamela Spratlen hamda o‘tgan haftada O‘zbekistonga safar qilgan AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Daniel Rozenblyumlar qabul qilgan va ular Jizzax sudida ko‘rilgan ish tafsilotlarini surishtirgan.

Avakyanning xotini Shirinning aytishicha, bir soatdan ko‘proq vaqtga cho‘zilgan uchrashuv oxirida Amerika rasmiylari mazkur masala yuzasidan O‘zbekiston hukumatiga murojaat qilishga va’da bergan.

- Biz yaqinlaringiz yuzasidan O‘zbekiston hukumatiga murojaat qilamiz, ular nohaq qamalgan bo‘lsa, huquqlarini himoya qilishlarini so‘raymiz, deyishdi, dedi Shirin Avakyan.

AQShning Toshkentdagi elchixonasi telefonini ko‘targan xodima uchrashuv bo‘lganini na tasdiqladi, na inkor etdi; bu masala yuzasidan informatsiya berishga vakolatli xodimning o‘zi Ozodlik bilan bog‘lanajagini bildirdi. Lekin ushbu xabar tayyorlanayotgan soatgacha elchixona vakili Ozodlik bilan bog‘langani yo‘q.

AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Daniel Rozenblyum 9 aprelda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning bugungi ahvoli va istiqbollarini muhokama qilingan. Uchrashuvda AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen ham ishtirok etgan.

AQShning Toshkentdagi elchixonasi matbuot xizmati Rozenblyumning o‘zbek rasmiysi bilan uchrashgani yuzasidan boshqa tafsilotlar mavjud emasligini Ozodlikka bildirgan.

Ayni paytda...

Avakyanning xotini Shirindan O‘zbekiston telekanallaridan birida eri va u bilan birga sudlanganlar to‘g‘risida ko‘rsatuv namoyish qilinishi kutilayotganligi ma’lum bo‘ldi.

- Furqat Jo‘raevning singlisi Toshkentda yashaydi. U kecha ko‘rsatuv reklamasini ko‘ribdi. Akasini tanib qolibdi. Uning aytishicha, ko‘rsatuv bugun soat 9 da ko‘rsatilar ekan, dedi Shirin.

Uning fikricha, bunday ko‘rsatuv namoyish qilishga televideniening haqqi yo‘q.

- Chunki shofyor bola (sudlanganlardan biri) kassatsiya arizasi bergan, uning sudi bitmadi, biz apellyatsiyaga berganmiz, Oliy Sudga arz qilganmiz, Oliy Sud arizamizni hali ko‘rib chiqqani yo‘q, dedi Shirin.

Avakyanning xotinining taxminicha, namoyish qilinishi kutilayotgan ko‘rsatuvni Jizzax televideniesi suratga olgan.

- Sud tugamay turib, nima uchun televideniega chiqarayapti, deb so‘rash uchun Jizzax telekanaliga bordik. So‘rasak, "bizdan xafa bo‘lmanglar, biz s’yomka qilib berdik, xolos, diskini milliy xavfsizlikka berdik", deb aytishdi, dedi Shirin.

Jizzax viloyat televideniesidan izoh olishning iloji bo‘lmadi.

Etap

Aramaisning onasi Flora Avakyanning aytishicha, o‘g‘li kecha (11 aprel) Qarshidagi jazo o‘tash muassasasiga ko‘chirilgan.

***

Jizzax viloyati sudi 22 mart kungi majlisida Aramais Avakyan bilan birga 5 yildan 12 yilgacha muddatlarga qamalgan yana 3 shaxs - Furqat Jo‘raev, Bektemir Umrzoqov, Dilshod Olimovlar arizasi ko‘rib chiqib, quyi instansiya hukmi ustidan kiritgan apellyatsiya arizasi qondirmagan.

Joriy yil fevralida jami 13 kishi Jizzax viloyati Paxtakor tumanida IShIDga xayrixoh terror guruhini tuzish va hamyurtlarini "Islomiy davlat"ga yo‘llashga hozirlik ko‘rishda ayblanib sudlangan, ulardan 5 nafari qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

XS
SM
MD
LG