Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:03

Samarqand jamoat transportida yo‘l kira jetonlar bilan to‘lanadi


2016 yilning 1 mayidan boshlab Samarqand shahrida yo‘lovchi tashuvchi jamoat transportidan foydalanishda yo‘lkira haqi naqd pulsiz, plastik kartochkalar orqali sotib olinadigan maxsus jetonlar vositasida amalga oshirilishi joriy etiladi.

Samarqand viloyati hokimning bu haqdagi qarori hokimlik rasmiy saytida e’lon qilindi.

Qarorga binoan, 1 maydan boshlab Samarqand shahrida yo‘lovchi tashuvchi jamoat transportida yurish yo‘lkira haqi naqd pulsiz, plastik kartochkalar orqali sotib olinadigan maxsus jetonlar vositasida amalga oshiriladi. Shaharda yo‘lovchi tashuvchi jamoat transportida yurish yo‘lkira haqini plastik kartochkalar orqali sotib olinadigan maxsus jetonlar vositasida tashkil etish, uning harakatini nazoratga olish tartibi to‘g‘risida Yo‘riqnomani ishlab chiqish va rasmiylashtirish lozim.

Hujjat loyihasida ta’kidlanishicha, ushbu qaror aholiga qulaylik yaratish maqsadida qabul qilingan.

Shaharda jetonlar sotiladigan maxsus nuqtalar tashkil etiladi.

1 apreldan Toshkent shahrida jamoat transportlarida kira haqi 1000 so‘mdan 1200 so‘mga ko‘tarilgach, qaytim qaytarish bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lgani to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG