Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:19

Qirg‘izistonda yangi bosh vazir saylandi


Qirg‘iziston parlamenti raisi So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov nomzodi bosh vazir lavozimiga bir ovozdan sayladi.

Kecha So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov nomzodini parlamentdagi olti fraktsiyadan to‘rttasi qo‘llab-quvvatlashini bildirgan edi.

Qirg‘iziston parlamenti raisi Asilbek Jeenbekov 13 aprel kuni deputatlar oldida chiqish qilib, akasi So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov nomzodi bosh vazirlikka ko‘rsatilgani munosabati bilan iste’fo berganini ma’lum qilgan edi.

Qirg‘iziston qonunlarida yaqin qarindoshlarning davlat organlarida bir vaqtning o‘zida yuqori lavozimlarni egallashi taqiqlanadi.

57 yoshli So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov 2010 yildan beri hukumatning O‘sh viloyatidagi muxtor vakili bo‘lgan, shu yilning 23 martida prezident ma’muriyati rahbari o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Qirg‘iziston transport va kommunikatsiya vaziri Arginbek Malabaev bosh vazirTemir Sarievni yo‘l qurilishlari yuzasidan tenderlarning qonunbuzarlik bilan o‘tkazilishiga aloqadarlikda ayblagan. Shundan so‘ng Temir Sariev 11 mart kuni iste’fo bergan edi.

So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov Qirg‘izistonning mustaqillik davridagi 21- bosh vaziridir.

XS
SM
MD
LG