Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:03

Ukraina bosh vazirligiga Volodimir Groysman nomzodi tasdiqlandi


Ukraina parlamenti keskin tortishuvlardan so‘ng spiker Volodimir Groysman nomzodini bosh vazirlikka tasdiqladi.

Ukrainadagi ikki yirik partiya parlament spikeri Volodimir Groysman boshchiligidagi yangi hukumat tarkibi yuzasidan o‘zaro kelishuvga erishdi.

Avvalgi bosh vazir Arseniy Yatsenyuk korruptsiyaga oid janjallar ortidan 10 aprel kuni iste’foga chiqqan edi.

Shundan so‘ng Ukraina parlamentidagi fraksiyalar o‘rtasida yangi bosh vazir nomzodi ustida tortishuv boshlanib ketdi. Sobiq bosh vazir Yatsenyukning “Xalq jabhasi” partiyasi yangi koalitsiya tuzish bo‘yicha Petro Poroshenko bloki bilan murosasiz muzokaraga kirishib ketgan edi.

13 aprel oqshomida Groysmanning matbuot kotibi Dmitriy Solyarchuk muzokaralar bitgani va ikki yirik partiya fraktsiyalari o‘rtasida koalitsiya tuzilgani haqida Tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

XS
SM
MD
LG