Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:11

Rossiya prezidentining aholi bilan jonli muloqoti bo‘lib o‘tmoqda


14 aprel kuni Moskva vaqti bilan soat 12da Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning aholi bilan jonli muloqoti boshlandi.

Hozirga qadar berilgan savollar Rossiyada muttasil oshib borayotgan narx-navo, neft narxi, mamlakatdagi yo‘llarning sifati, Suriyadagi amaliyotlar haqida bo‘ldi.

Putin, har yilgidek, bu savollarga hozirjavoblik bilan javob berdi.

Kreml tarqatgan bayonotga ko‘ra, muloqot oldidan rossiyaliklardan qariyb 1 million savol kelib tushgan.

Savollarning asosiy qismi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid ekani aytilmoqda. Bundan tashqari, bu yil savollarning ma’lum qismi "Rossiya fuqarolar huquq va erkinliklari" haqida ekani ma’lum qilindi. Uchinchi o‘rindagi tematika esa Ukrainadagi vaziyat, Rossiya va NATO o‘rtasidagi munosabatlardir.

Shuningdek, bu yil Rossiya prezidenti fuqarolaridan video-qo‘ng‘iroqlarni ham qabul qilishi, rossiyaliklar ijtimoiy tarmoqlar orqali ham savol yo‘llashi mumkin.

Bu Putining 14-an’anaviy jonli muloqotidir.

Muloqotlar chog‘ida, odatan, Rossiya prezidenti siyosati va uning atrofida yig‘ilgan amaldorlarning korruptsiyasiga oid keskin tanqidlar, e’tirozlar ko‘tarilmaydi.

Bu muloqotlar zalga qo‘yilgan jurnalistlar va mamlakatning turli shaharlaridan teleko‘prik tarzida muloqotga ulanadigan fuqarolarning savollari avvaldan hozirlangani va keskin tsenzura qilingani uchun yillar davomida tanqid qilib kelinadi.

XS
SM
MD
LG