Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:41

CPJ Anqarani jurnalistlarni himoya qilishga chaqirdi


Qarorgohi AQShda bo‘lgan Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi (CPJ) turk rasmiylarini jurnalistlarni himoya qilish bo‘yicha choralar ko‘rishga chaqirdi. Bunga Turkiya janubiy-sharqida suriyalik jurnalistga muhtamalan “Islomiy davlat” ekstremistik guruhi a’zolari tomonidan sodir etilgan hujum sabab bo‘lgan.

Telejurnalist Muhammad Zahir ash-Shirkat hordiq kunlari Gaziantep shahridagi odam gavjum joyda otib ketilgandi. U 12 aprel kuni kasalxonada jon bergan. Hujum uchun mas’uliyatni ID guruhi zimmasiga olgan.

Muhammad Zahir ID tomonidan Turkiya hududida o‘ldirilgan suriyalik jurnalistlarning to‘rtinchisi bo‘ldi.

CPJ bayonotida tashkilotning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha dasturi direktori Nina Ognyanovaning: “Turkiya rasmiylari jurnalistlarni o‘ldirish qabul qilib bo‘lmas hol ekani va bu jazosiz qolmasligini oshig‘ich namoyish qilishlari lozim”, degan so‘zlari keltirilgan.

XS
SM
MD
LG