Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:21

Davlat departamenti qirg‘iz rasmiylarini ta’qib va ta’magirlikda aybladi


AQSh Davlat departamenti 13 aprel kuni yoyinlangan hisobotida Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralarini asossiz hibsga olishlar, qiynoqlar, tahdidlar, hujumlar va ta’magirlikda ayblab chiqdi. Jahondagi inson huquqlari vaziyatiga oid bu hisobotda 2015 yili qirg‘iz rasmiylari sud protseduralarini muntazam ravishda buzib kelgani aytiladi.

Hujjatda ta’kidlanishicha, o‘tgan yili Qirg‘izistonda jinsiy ozchiliklar hamda milliy ozchiliklar qirg‘iz militsiyasining ta’qib va ta’magirlik nishoniga aylangan.

Hisobotda Qirg‘iziston qamoqxonalaridagi sharoitning nomaqbulligi, bu mamlakatda faollar, jurnalistlar va nohukumat tashkilotlari xodimlari ta’qib qilinayotgani ham qayd etiladi.

XS
SM
MD
LG