Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:10

Tog‘li Qorabog‘da Ozarbayjon harbiysi halok bo‘ldi


Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston bilan bahsli bo‘lib turgan Tog‘li Qorabog‘ muxtoriyatida 14 aprel kuni ozarbayjon harbiysi o‘ldirilganini ma’lum qildi.

Bu bir hafta avval Armaniston bilan erishilgan o‘q otishni to‘xtatish kelishimi kuchga kirganidan beri birinchi qurbon bo‘ldi.

Ozarbayjon tomoni tarqatgan bayonotda ""harbiy navbatdagi fitnaning oldini olish amaliyoti paytida halok bo‘lgani" aytiladi.

Aprel oyi boshlarida Tog‘li Qorabog‘ yuzasidan Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida yuz bergan uch kunlik urush paytida o‘nlab odamlar halok bo‘lgan edi. 5 aprel kuni tomonlar o‘q otishni to‘xtatishga kelishib olgan.

XS
SM
MD
LG