Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:07

"Nega o‘zbek muallimining itchalik qadri yo‘q?"


Qurultoyda o‘qituvchilar malakasini oshirish dargohidagi kamsitish ko‘lamini O‘zbekistondagi umumsiyosat fonida muhokama qildik.

Toshkent viloyat Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga o‘qishga kelgan o‘qituvchilar o‘zlariga nisbatan o‘quv yurti xodimlarining qo‘pol munosabatidan shikoyat qilishdi.

O‘qituvchilarning Ozodlikka aytishicha, darsga kech qolganlar ko‘pchilik oldida izza qilinadi. Ular tahqir va haqoratlar ostida malaka oshirayotganliklarini aytishdi.

O‘qituvchilar ma’lum bir sabab bois darsga kech qolishsa, ularni ko‘pchilik oldida sazoyi qilishganidan shikoyat qilishdi.

Ozodlik maqolasidan keyin o‘qituvchilar malakasini oshirish dargohidagi kamsitish hajv qilingan karikatura ham paydo bo‘ldi.

Ayni paytda institut rahbariyati o‘qituvchilar shikoyatidagi holatlarning deyarli barchasini tan oldi.

XS
SM
MD
LG