Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:48

Yaponiyada ikkinchi zilzila, 27 odam nobud bo‘ldi


Yaponiyada shanbaga o‘tar kechasi ro‘y bergan zilzila oqibatida 27 odam nobud bo‘ldi, yuzlab odam jarohatlandi.

Bu so‘nggi uch kun ichidagi ikkinchi zilziladir. Zilzila kuchi yetti balldan ko‘proqni tashkil etgan.

Birinchi zilzila payshanba kuni ro‘y bergan va o‘shanda to‘qqiz odam halok bo‘lgandi.

Yer silkinishi oqibatida Kyusyu oroli Kumamoto mintaqasida uylar va yo‘llar vayron bo‘lgan.

Minglab odam xavfsiz joyga ko‘chirilgan. Yatsushiro shahrida esa yong‘inlar kelib chiqqan va elektr ta’minoti uzilgan.

Aholi tsunami ro‘y berishi haqida ogohlantirilgan edi. Keyinchalik tsunami xavfi arigani bildirildi.

XS
SM
MD
LG