Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:03

Besh marta sudlangan sobiq bankir sud hukmidan norozi bo‘layapti


Navoiy viloyati Xatirchi tumani Xalq banki sobiq raisi Rustam Yalg‘ashev o‘z faoliyati davomida qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yganlikda ayblanib, so‘nggi ikki yil ichida besh marta sudlandi. Yalg‘ashev Ozodlik bilan suhbatda o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni uydirma ekanligini iddao qiladi. Yalg‘ashev mahalliy organlar uning arzini tinglamayotganidan shikoyat qilib, halqaro jamoatchilikdan yordam so‘raydi.

Navoiyning Xatirchi tumani Chinobod mahallasida yashovchi 52 yashar Rustam Yalg‘ashev OzodMikrofonga murojaat qilib, o‘ziga nisbatan qo‘yilayotgan ayblovlardan va sud hukmlaridan norozi ekanligini aytadi:

- Men Xatirchi tumani Xalq bankida 2011 yil noyabrь oyidan 2013 yil may oyigacha boshqaruvchi bo‘lib ishlaganman. Bir yarim yillik ish faoliyatim davri uchun besh marta sudlandim. Birinchi uchta sudlanishim, kreditni maqsadsiz ishlatganlik uchun. Birinchisi dehqon xo‘jaligi, fermer xo‘jaliklariga paxta-g‘allachilik uchun berilgan. Ikkinchisi, uchta tadbirkorga xususiy mulkini rivojlantirish uchun olingan. Yana yettita tadbirkor shaxsiy do‘konlarini jihozlash uchun kredit olgan. Ular mablag‘ini o‘z vaqtida ishlatmagani uchun meni ayblashgan. To‘rtinchisi, soliq qo‘ygan jarimasini to‘lab bermagan degan va beshinchisi, plastik kartalar bilan bog‘liq. Oliy sudgacha chiqdik, -deydi Rustam Yalg‘ashev Ozodlik bilan suhbatda.

Yalg‘ashev bilan suhbatni quyida to‘liq tinglashingiz mumkin:

Рустам Ялғашев билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:58 0:00
Бевосита линк

------------------------------------------------------------------------------------------

Muhim eslatma: OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr-mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG