Линклар

Шошилинч хабар
17 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:44

Karimov va Nazarboev mintaqa davlatlarini suv masalasida muloqotga chaqirdi


O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Toshkentdagi juma kungi muzokaralar ortidan mintaqa rahbarlarini yangi gidroinshootlar qurishda xalqaro me’yorlarga amal qilishga chaqirganlar. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi shanba kuni e’lon qilgan tashrif yakuniga oid bayonnomada ta’kidlanadi.

15 aprel kuni Toshkentda uchrshgan O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Islom Karimov va Nursulton Nazarboevlar Markaziy Osiyoning transchegaraviy daryolari mintaqa xalqlarining umumiy tabiiy boyligi ekani va ulardan oqilona foydalanish kerakligi, mintaqa barqarorligi va ravnaqi shunga bog‘liqligini ta’kidlashgan.

"O‘zbekiston va Qozog‘iston Markaziy Osiyoning barcha davlatlarini o‘zaro ishonchni mustahkamlash, suv zahiralaridan unumli va tejamli foydalanish yo‘lida konstruktiv muloqotga chaqiradi", - deyiladi muzokaralar yakuni bo‘yicha e’lon qilingan bayonnomadi.

Qirg‘iziston va Tojikistonning transchegaraviy daryolar o‘zanida yirik gidrooinshotlar qurish rejasi O‘zbekistonni tashvishga solib keladi.

Qirg‘iziston Rossiya bilan hamkorlikda Norin daryosi o‘zanida bir nechta GES qurishni rejalagan.

Tojikiston ham Vaxsh daryosi o‘zanida Rog‘un GESini qurishda davom etmoqda.

Islom Karimov va Nursulton Nazarboevlar yirik GESlar va ulkan suv to‘g‘onlari qurishga kirishgan Tojikiston va Qirg‘izistonni Amudaryo va Sirdaryo quyi oqimlarida joylashgan qo‘shni mamlakatlarning manfaatlarini hisobga olishga chaqirib keladi.

O‘zbekiston tomoniga ko‘ra, seysmik xavfli bo‘lgan joyda Qirg‘izistonning Qambarota suv to‘g‘oni 275 metr balandlikda, Rog‘un to‘g‘oni esa 335 metr balandlikda qurilayotgani hisobga olinsa, bu ikkala loyiha qurilishi bu erda yashayotgan insonlar hayotiga tahdid bo‘lishi mumkin.

Biroq Tojikiston va Qirg‘iziston ulkan GESlarning qurilishi O‘zbekistonni suvsiz qoldirmaydi, deya ta’kidlab keladi.

Ular, shuningdek, ehtimoliy zilzila oqibatlari haqidagi xavotirlarni ham inkor qiladi.

Markaziy Osiyo seysmik faol mintaqa hisoblanadi.

16 aprelga o‘tar kechasi O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara mintaqasida yana zilzila ro‘y berdi.

O‘tgan noyabr oyi o‘rtasi va joriy dekabr oyi boshida O‘zbekiston va Tojikistonda bir necha marta er qimirlagandi.

Bu zilzilalar, ayniqsa, Tojikiston qishloq hududlarida katta talofotlarga sabab bo‘lgandi.

XS
SM
MD
LG