Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:10

BMT: Afg‘onistonda tinch aholidan qurbonlar ozaydi, jarohatlanganlar ortdi


BMT bu yilning dastlabki uch oyida Afg‘onistondagi urush qurbonlari orasida tinch aholi vakillari 600 kishiga yetgani va o‘tgan yilning ayni muddatiga nisbatan 13 foizga ozaygani haqida hisobot tarqatdi.

BMTning Afg‘onistondagi missiyasi tomonidan 17 aprel kuni e’lon qilingan hisobotda qayd etilishicha, jarohatlanganlar soni esa 11 foizga oshgan va umumiy hisobda 1 ming 343 nafarni tashkil qilgan.

Aholi zich hududlarda ko‘paygan jang harakatlari natijasida qurbon bo‘lgan bolalar soni 29 foiz, ayollar soni esa 5 foizga oshgan.

Hisobotga ko‘ra, qurbonlarning 60 foizi hukumatga qarshi kuchlarning hujumlarida nobud bo‘lgan. Ammo, ayni paytda hukumat qo‘shinlari harbiy harakatlari chog‘ida nobud bo‘lganlar orasida granata va minomyotdan o‘lganlar soni oshgan.

BMTning navbatdagi hisoboti Afg‘onistonda Toliblar yana yangi hujumlarni uyushtirishini aytib, tahdid qilgan bir kezda e’lon qilindi.

XS
SM
MD
LG