Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:45

Belgiyada terror va nafratga qarshi namoyish o‘tkazildi


Belgiya poytaxti Bryusselda yakshanba kuni kamida yetti ming odam “Terror va nafratga qarshi marsh” namoyishida ishtirok etdi.

Namoyish Bryussel aeroporti va metrosida 32 kishi umriga zomin bo‘lgan terrorchilik harakatlaridan bir oy o‘tib uyushtirildi. Mazkur terror harakatlarida 300 kishi yaralangan.

Miting ishtirokchilari barchani birdamlikka chaqirib, belgiyaliklarni yahudiy, qochqin va musulmon kabi jamoalarga bo‘linmaslikka dav’at etdi. Miting terrorchilikka aloqador ko‘plab odamlar qo‘lga olingan Molonbek mavzesidan boshlandi.

Mazkur tadbirni 27 mart kuni o‘tkazish rejalashtirilgan, biroq Bryusselda terror xavfi kuchli bo‘lgani munosabati bilan namoyish boshqa kunga qoldirilgan edi.

XS
SM
MD
LG