Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:07

Bishkekda 1916 yil voqealariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkaziladi


Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda 18-19 aprel kunlari 1916 yilda Chor Rossiyasi tomonidan qirg‘izlarning ommaviy qatliom qilinishining yuz yilligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkaziladi.

1916 yilning 4 iyulida Rossiya imperatorining Turkiston o‘lkasidan mardikor olish siyosatiga qarshi markaziy osiyoliklar isyon ko‘targan edi. Isyonlar Farg‘ona vodiysi, Samarqand, Jizzax va boshqa o‘nlab shaharlarda yuz bergan. Bu qo‘zg‘olonlar Chor Rossiya tomonidan ayovsiz bostirilib, yuz minglab o‘zbek, qirg‘iz, qozoq va tojik qirib tashlangan edi.

Qirg‘iziston prezidenti 1916 yil voqealarining yuz yilligini nishonlash to‘g‘risida o‘tgan yilning 27 mayida Farmon imzolagan edi. Prezident qarori bilan tarixchilardan iborat guruh tuzilgan bo‘lib, ularga 1916 yil tvoqealariga tarixiy baho berish vazifasi yuklatilgan.

O‘zbekistonda 1916 yil voqealarining yuz yilligini nishonlash yuzasidan rasman qaror qabul qilinmagan.

XS
SM
MD
LG