Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:18

O‘zbekiston 2030 yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalari hissasini 7 barobar oshirishga umid qilmoqda


O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalari hissasi 2030 yilga borib 7 foizdan oshishi iddao qilinmoqda. Energetika va avtomatik Instituti laboratoriyasi mudiri, akademik Romen Zohidovning bunga oid iddaolari to‘g‘risida mahalliy nashrlar xabar qilmoqda.

Podrobno nashrining yozishicha, akademik bu haqda tiklanuvchi energiya manbalari forumida gapirgan. Uning aytishicha, hozirda bunday manbalar hissasi 1 foizdan oshmaydi.

Xabarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan sanoat miqyosida foydalanish, elektr quvvatini ishlab chiqarishda tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyojni sezilarli tarzda kamaytiradi, deya ta’kidlanadi. Yaqin istiqbolda Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida har biri 100 MVt kuchga ega quyosh elektr stansiyalari qurilishi ham aytilmoqda.

2030 yilga kelib esa O‘zbekistondagi quyosh elektr stansiyalarining umumiy quvvati 2 GVtga tenglashishi mumkinligiga umid bildirilmoqda.

O‘zbekistonda elektr va tabiiy gaz ta’minoti muammosi yillardan beri dolzarb bo‘lib qolmoqda. Mamlakatning aksar qishloq joylarida elektr va gaz juda cheklangan miqdorda uzatiladi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2030 yilga kelib O‘zbekistonda energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyoj, 2013 yilga solishtirganda, 25,5 foizga oshadi.

XS
SM
MD
LG