Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:02

Markaziy Osiyo mamlakatlari 3 oy ichida Xitoyga 10,6 milliard kub metr gaz sotdi


Joriy yil birinchi choragida “Markaziy Osiyo – Xitoy” gaz quvuriga 10,6 milliard kub metr gaz oqizildi. Sinxua rasmiy agntligi bergan xabar MO mamlakatlari o‘tgan yilning shu davriga solishtirganda Xitoyga 33 foizga ko‘proq gaz yetkazib berilganini anglatadi.

Turkmanistonda boshlanib, O‘zbekiston va Qozog‘iston hududidan o‘tadigan quvur Xitoyga 2009 yildan beri gaz yetkazib beradi. O‘zbekiston 2010 yilda Xitoyga gaz sota boshlashini e’lon qilgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2012-2015 yillar oralig‘ida O‘zbekiston Xitoyga jami 6,5 milliard kub metr gaz sotgan.

Bu yilgi o‘sish qaysi mamlakatlar hisobiga ta’minlangani Sinxua xabarida keltirilmagan.

Umumiy uzunligi 1830 kilometr bo‘lgan magistralning uchta liniyasi orqali yiliga jami 55 milliard kub metr gaz o‘tkazish quvvatiga ega.

2014 yilda quvurning 4 liniyasini qurish boshlangan va 2020 yilga qadar tugatilishi kutilmoqda.

2009 yildan 2016 yilning mart oyi oxiriga qadar mazkur quvur orqali jami 140 milliard kub metr gaz yetkazib berilgan.

XS
SM
MD
LG