Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:18

Germaniyadagi PEGIDA harakati yetakchisi besh yilga qamalishi mumkin


Germaniyada “muhojirlar va islomlashuv”ga qarshi chiqishlari bilan tanilgan PEGIDA harakati asoschisi 19 aprel kuni Drezden shahri mahkamasida hozir bo‘ldi.

Lutts Baxman ijtimoiy tarmoqdagi bir qator chiqishlari orqali inson qadr-qimmatini kamsitish va jamoat tartibini buzishda ayblanmoqda.

43 yoshli Baxman aybli deb topilsa besh yilgacha bo‘lgan muddatga qamalishi mumkin.

PEGIDA faollari, o‘z ta’birlarida, Germaniya jamiyatida islomning kuchayishiga qarshi kurashadi. O‘tgan oylarda harakat a’zolarining soni ko‘paygani aytiladi.

XS
SM
MD
LG