Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:40

Qirg‘izistonda ekstremizm uchun qamalganlar boshqa mahbuslardan ajratiladi


Qirg‘izistonda ekstremizm va terrorchilikka oid jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlar boshqa mahbuslardan alohida saqlanadigan bo‘ldi. Bunga oid Qirg‘iziston Jinoyat-ijroiya kodeksiga kiritilgan tuzatishlarni prezident Atambaev kuni kecha imzolagan.

Parlament tomonidan shu yil 16 martida qabul qilingan qonun rasmiy matbuotda e’lon qilinganidan 10 kun o‘tgach kuchga kiradi.

“Qonundan maqsad qamoqxonalarda ekstremistik targ‘ibot va tashviqot imkoniyatini kamaytirish uchun ekstremistik va terrorchilikka oid jinoyatlar uchun sudlangan shaxslarning boshqa toifadagi mahbuslardan ihota qilinishini ta’minlashdir”, deya ma’lum qiladi Qirg‘iziston prezidentining matbuot xizmati.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, shu kunda 500 ga yaqin qirg‘izistonlik Iroq va Suriyada terrorchilar safida jang qilmoqda. Ularning 122 nafari ayollardir.

XS
SM
MD
LG