Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:46

Taniqli ozariy huquq faollariga mamlakatdan chiqish izni berildi


Ozarbayjonlik inson huquqlari himoyachisi Laylo Yunus va uning turmush o‘rtog‘i Orif Yunus mamlakatdan chiqishga ruhsat berilishi ortidan bugun Xollandiyaga yetib kelishdi.

Ularni qizi Dinora Yunus Amsterdam aeroportida kutib oldi.

Avgust oyida Boku sudi Laylo Yunusni 8¸5 yilga va uning turmush o‘rtog‘i Orif Yunusni 7 yilga iqtisodiy jinoyatlarda aybdor deb topib¸ ozodlikdan mahrum qilgan edi.

Orif Yunus sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli 12 noyabr kuni ozodlikka chiqarilgan edi.

Xalqaro bosimlar ortidan Laylo Yunus ham dekabr oyida ozod etilgan, lekin ularga mamlakatdan chiqishi taqiqlab qo‘yilgandi.

XS
SM
MD
LG