Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:15

Gulistonda ham chinorlar kesilmoqda


Eltuz.com saytida e’lon qilingan rassom Elsevar karikaturasi
Eltuz.com saytida e’lon qilingan rassom Elsevar karikaturasi

Shu yilning 15 aprelidan boshlab, Sirdaryo viloyati hokimligining obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan Guliston shahrida chinorlarni yoppasiga kesish boshlandi. Bu haqda xabar qilgan Guliston davlat universiteti o‘qituvchisiga ko‘ra, mahalliy hokimlik chinor va boshqa ko‘p yillik daraxtlarni kesish amaliyotini shaharni obodonlashtirish tashabbusi bilan izohlamoqda.

“Guliston shahri sovet davrida cho‘lni o‘zlashtirish bahonasida qurilgan. Bir paytlar odam yursa oyog‘i, qush uchsa qanoti kuyadigan bu shaharda bitta nihol ko‘kartirish qahramonlik edi. Buni qarangki, endi turgan 60-70 yillik chinorlarni kesishyapti. Hayron qolasan, xalqqa dushmanmi bular. Odamlar norozilik bildirishdan qo‘rqishadi. Ammo Toshkent tomonlarda odamlarning bunday hollardan noroziligi haqida internetdan o‘qiyapmiz” deydi Guliston universiteti o‘qituvchisi.

Ma’lum bo‘lishicha, prezident Islom Karimovning 2015 yil 5 martdagi Sirdaryo viloyatiga tashrifidan so‘ng shaharni butunlay qayta qurish, obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish borasida hukumat qarori chiqqan. Guliston shahrini rekonstruksiya qilish va obodonlashtirish maqsadida davlat byudjetidan 380 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgan.

Guliston shahrining 2030 yilgacha bo‘lgan davrdagi bosh rejasiga muvofiq, shaharning markaziy qismini rekonstruksiya qilish, ekologik jihatdan zararli korxonalarni shahar tashqarisiga chiqarish, hududlar va transport yo‘llarini kompleks obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, shuningdek, barcha zarur muhandislik kommunikatsiyalari bilan ta’minlangan yangi turar-joy massivlarini qurish ko‘zda tutilgan.

Bu xususda Guliston shahar hokimligi bilan bog‘langan “Ozodlik” muxbiri quyidagicha javobni oldi:

“Prezidentimizning «2015-2019 yillarda Guliston shahrida ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturini ishlab chiqish to‘g‘risida»gi farmoyishlari bor. Bu farmoyishning ijrosi shaxsan Bosh vazirimiz Shavkat Miromonovichga yuklatilgan. U kishining vakili Sh. Hamroev Gulistondagi obodonchilikka boshchilik qilyaptilar. Eski chinorlar kesilib, o‘rniga boshqa mnazaralari daraxtlar ekilyapti. Sovet davrida chinorlar juda betartib ekib tashlangan, shular olinyapti. Agar talabga javob bersa kesilmayapti” deydi Guliston shahar hokimligi mulozimi.

“Ozodlik” radiosi muqaddam chinorlarning Toshkent shahri, Namangan, Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida kesilayotgani yuzasidan xabarlar bergan.

XS
SM
MD
LG