Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:57

Dmitriy Shokin Osiyo chempioni bo‘ldi


O‘zbekistonlik taekvandochi Dmitriy Shokin Filippinning Manila shahrida o‘tgan Osiyo chempionatida Osiyo chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.

19 aprel kuni xabar berilishicha, Shokin 87 kilo vazn toifasida chempionlikni qo‘lga kiritish uchun musobaqa finalida faqat bir marta jangga chiqdi. Dmitriy Shokinning xalqaro reyting ko‘rsatkichlari juda baland bo‘lgani uchun u finalgacha bo‘lgan bellashuvlardan ozod etildi.

Finalda Shokin Robert Kristoferni 7:3 hisobida yengib, Osiyo chempioni bo‘ldi.

Dmitriy Shokin 2015 yilda Rossiyaning Chelyabinsk shahrida o‘tkazilgan taekvando bo‘yicha jahon chempionatida Jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgan edi. Shokin O‘zbekiston tarixida taekvando bo‘yicha Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan birinchi o‘zbek sportchisi bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG