Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:51

OTB O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun $170 mln. kredit berishi mumkin


Osiyo taraqqiyot banki 2016 yil oxirigacha O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish maqsadida kredit portfelini taqdim etishi mumkin.

Bu haqda xabar qilgan uzdaily.uz saytiga ko‘ra, OTB saytida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, berilajak kredit hajmi 170 million AQSh dollari atrofida bo‘lishi kutilayapti.

Hujjatga ko‘ra, loyiha 2016 yil mayi oxirigicha ishlab chiqiladi. OTB direktorlar kengashi uni 2016 yil noyabrida ko‘rib chiqadi.

Kredit ajratiladigan bo‘lsa, olingan mablag‘lar O‘zbekiston agrar sektoridagi tuzilmaviy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, fermer xo‘jaliklari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari turini ko‘paytirishga yo‘naltiriladi.

XS
SM
MD
LG