Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:29

Obama: AQSh va Fors ko‘rfazi davlatlari IDga qarshi kurashni davom ettiradi


Prezident Barak Obama Qo‘shma Shtatlar va uning Fors ko‘rfazidagi ittifoqchilari “Islomiy davlat” guruhiga qarshi kurashni davom ettirishini hamda mintaqadagi konfliktlarni hamkorlikda muvofiqlashtirishini bildirdi.

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar Riyodda payshanba kuni yakunlangan Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi sammitida so‘zlagan Obama, “Islomiy davlat”ga qarshi kurashda muayyan yutuqlarga erishilganini, Iroq va Suriyada bir qator hududlar janggarilardan tozalanganini alohida ta’kidladi.

AQSh prezidenti Fors ko‘rfazi davlatlari Suriya va Iroqqa gumanitar yordam miqdorini ko‘paytirishga rozi bo‘lganini eslatib o‘tdi.

Eron masalasiga to‘xtalar ekan, Obama o‘z davlati Tehron bilan yaxshi munosabat o‘rnatish tarafdori ekanini, birorta davlat Eron bilan ziddiyatga kirishishdan manfaatdor emasligini aytdi.

Fors ko‘rfazidagi asosan suniylar yashaydigan davlatlar Eronni o‘z ichki ishlariga aralashayotganlikda ayblab keladilar.

Sammitda AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter, Davlat kotibi Jon Kerri, milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Syuzan Rays ishtirok etdi.

Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashiga Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Birlashgan Arab Amirliklari, Quvayt, Qatar va Ummon a’zo davlat hisoblanadi.

XS
SM
MD
LG