Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:36

BMT Inson huquqlari qo‘mitasi Azimjon Asqarov ozod etilishini talab qilmoqda


BMT Inson huquqlari qo‘mitasi O‘sh voqealarida ayblanib bir umrga qamalgan etnik o‘zbek huquq faoli Azimjon Asqarov qamoqdan bo‘shatilishi va oqlanishi kerakligi haqida bayonot tarqatdi.

21 aprel kuni tarqatilgan bayonotda: “Siyosiy faol va jurnalist Azimjon Asqarov tez orada qamoqdan bo‘shatilishi lozim, chunki u noqonuniy qamalgan, juda og‘ir sharoitlarda saqlangan, qiynoqlarga va noinsoniy munosabatga duchor etilgan va sud jarayonida o‘zini etarli darajada himoya qilish imkoniyatidan mahrum etilgan”,- deb bildiriladi.

Azimjon Asqarov 2010 yilda O‘sh voqealariga aloqadorlikda ayblanib qo‘lga olingan edi. Xalqaro hamjamiyat Asqarovga nisbatan jinoyat ishi soxtalashtirilganiga ishonilishini bildirib keladi.

2015 yilda Asqarovga AQShning “Inson huquqlari himoyachisi” mukofoti topshirilgan. Bu holat Bishkek rasmiylarining noroziligiga sabab bo‘lgan. Asqarovga mukofot berilishi ortidan Qirg‘iziston hukumati AQSh bilan hamkorlik shartnomasini bekor qilgan edi.

XS
SM
MD
LG