Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:39

Dunyoning 175 davlati iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij shartnomasini imzoladi


Dunyoning 174 davlati liderlari va arboblari BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij shartnomasini imzoladilar.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun ochib bergan marosimda hujjatni imzolagan ilk davlat rahbari Fransiya prezidenti Fransua Olland bo‘ldi.

Hujjatni imzolagan davlatlar orasida - Rossiya, Xitoy va Qo‘shma Shtatlar ham bor.

Dunyoning yirik neft ishlab chiqaruvchi davlatlari, jumladan Iroq, Qozog‘iston, Saudiya Arabistoni va Nigeriya, hujjatni imzolash borasida hozirgacha nihoiy qaror olgani yo‘q.

Bitimni imzolagan barcha davlatlar zimmasiga atmosferaga zaharli gazlarni kamroq chiqarish mas’uliyati yuklanadi.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning ta’kidlashicha, bugunga qadar bir kunda shuncha ko‘p davlat xalqaro hujjatni imzolamgandi.

Ushbu bitim endi uni imzolagan davlatlar tomonidan ratifikatsiya qilinishi kerak bo‘ladi.

XS
SM
MD
LG