Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:49

Qirg‘iz faollari O‘sh militsiyasini sudga berdi


“Bir dunyo Qirg‘iziston” huquqni himoya qilish tashkiloti O‘sh shahar militsiyasini sudga berdi. Bunga xaydovchilar uchun jarima pullarini elektron kartochkalar orqali to‘lash qoidalari yozilgan o‘zbek tilidagi ma’lumot kitobchalarining militsiya tomonidan olib qo‘yilishi sabab bo‘lgan. O‘sh shahar militsiyasi esa kitobchalar til komissiyasi tekshiruvidan o‘tgach qaytarib berilishini aytmoqda.

- Biz ma’limot varoqlari va broshuralarni olib qo‘ygan tergovchi ustidan O‘sh shahar sudiga da’vo arizasi berdik. Kelasi haftada sud bo‘lishi mumkin. Asosiy da’voyimizning biri, bu o‘zbek tilida ma’lumot olishni ta’qiqlab, til bo‘yicha kamsitti, degan da’voni qo‘ydik – deydi “Bir dunyo Qirg‘iziston” huquqni himoya qilish tashkiloti vakili Xusanboy Soliev.

So‘nggi bir oydan beri “Bir dunyo Qirg‘iziston” huquqni himoya qilish tashkiloti xaydovchilarga post terminallari orqali jarima pullarini to‘lash qonun qoidalari, va boshqa haq huquqlar to‘g‘risida kitobcha va varaqalarni qirg‘iz, rus va o‘zbek tillarida nashir ettirib respublikaning butun hududi bo‘yicha tarqatib kelgan. Biroq O‘sh shahar militsiyasi “Xaydovchiga eslatma” deb nomlangan bu kitob va ma’lumot varaqalarini o‘zbek tilidagi nusxasini olib qo‘ygan.

“Bir dunyo Qirg‘iziston” tashkiloti rahbari To‘leyqan Ismailova, DAN hodimlari orasida poraxo‘rlikni yo‘q qilish loyihasiga militsiya nima uchun qarshilik qilayotganini tushunmayotganini aytadi:

- Bu hol Qirg‘iziston qonunlarini buzishdir va bu juda ayanchli. Negaki DANni reforma qilganda biz hukukmat bilan ham birga ishladik. Eng asosiysi, bu poraxo‘rlikka qarshi qadam edi. Bilimsiz yoki tushunmay qolgan xaydovchilarni ushlab olib o‘z cho‘ntagini to‘ldirgan DAN amaldorlariga qarshi qonunlar ishlashi kerak. Shu sababli o‘zbek tilidagi “Aqilli xaydovchi” degan materiallarni bizga berilishi va ularni odamlarga tarqatishimiz kerak, -deydi To‘leyqan Ismailova.

O‘sh shahar militsiyasi xaydovchilar uchun mo‘ljallangan “Aqilli xaydovchi” kitopchalarini olib qo‘yganini inkor qilmaydi. Militsiyaga ko‘ra, bu kitob va ma’lumot varoqchalarida davlat yaxlitligiga taxdid keltiruvchi so‘zlar bo‘lishi ham mumkin.

O‘sh shahar Militsiyasi Ichki ishlar boshqarmasi matbuot kotibi Zamir Sidiqovga ko‘ra, bu kitobchalar aynan xavfsizlik masalalari sababli olingan va O‘sh shahar meriyasining til komissiyasiga ekspertizaga yuborilgan.

- Kitob o‘zbek tilida yozilib, faqat o‘zbeklar istiqomat qiluvchi hududlarda tarqatilayotgani sababli unda davlat xavfsizligiga ta’sir etuvchi adabiyotlar bo‘lishi mumkin degan shubhada, oldini olish maqsadida biz bular tarqatayotgan materiallarni olib, bugungi kunda O‘sh shahar meriyasi qoshidagi til komissiyasiga o‘tkazib berdik. Material o‘zbek tilida bo‘lgani uchun uni qanchalik sifatli yozilgan, bizning qonunlarimiz va talablarimizga javob beradimi, bermaydimi shuni tekshirish niyatidagi oldik. Bundan katta masala ko‘tarishning xojati yo‘q, -deydi Zamir Sidikov.

XS
SM
MD
LG