Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:22

Ertaga Toshkent zilzilasi yuz berganiga 50 yil bo‘ladi


Ertaga Markaziy Osiyodagi eng kuchli va fojeali zilzila yuz berganiga 50 yil to‘ladi.

1966 yilning 26 aprelida sahargi soat 5dan 22 daqiqa 53 soniya o‘tganida Toshkent zilzilasi yuz bergan edi.

8-9 balli zilzila natijasida Toshkentda 8 odam halok bo‘lgan, yuzlab odamlar jarohatlangan.

Rasmiy xabarlarga qaraganda, zilzila oqibatida mingdan ortiq binolar vayron bo‘lgan, toshkentliklarning 300 minggi boshpanasiz qolgan. O‘sha paytda Toshkent aholisi 1,5 million odamni tashkil qilgan.

Toshkentni qayta qurish uchun butun Sovet Ittifoqidan quruvchilar jalb qilingan edi. 3,5 yil ichida Toshkentda 2 million kvadrat metrga yaqin turar-joy binolari qurilgan.

Toshkent zilzilasidan 20 yil o‘tgach -1986 yilning 26 aprelida Belorusdagi Chernobil atom elektr stansiyasida avariya yuz bergan.

XS
SM
MD
LG