Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:51

Poroshenko Savchenkoning bir necha hafta ichida Ukrainaga qaytarilishiga umid bildirdi


Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Rossiya qamog‘ida o‘tirgan ukrain uchuvchisi Nadejda Savchenkoni vataniga qaytarish bo‘yicha rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan kelishuvga erishgani haqida ma’lum qildi.

Ukraina telekanallariga bergan intervyusida Poroshenko Savchenko mingan uchoq “bir necha hafta ichida” Ukraina yerida qo‘nishi mumkinligini bayon qildi.

Bu orada uchuvchining advokati Mark Feygin: “Savchenko may oyi oxirigacha Ukrainaga qayta olmasa kerak”, deya bildirdi.

19 aprel kuni Poroshenko Nadejda Savchenko bilan telefon orqali so‘zlashganidan keyin uchuvchi ayol 6 apreldan beri davom ettirayotgan ochlikni to‘xtatishga rozi bo‘lganini ma’lum qilgandi.

22 mart kuni Rossiya sudi uchuvchi Nadejda Savchenkoni Ukraina sharqidagi urushni yoritayotgan ikki nafar rus jurnalisti o‘limida aybdor deb topib, 22 yilga ozodlikdan mahrum etgan. Nadejda Savchenko o‘ziga nisbatan ayblovlarni “uydirilgan” deb atab, ularni rad qilib keladi.

XS
SM
MD
LG