Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:00

Nazarboev Atiraudagi namoyish tashkilotchilarini jazolash haqida ko‘rsatma berdi


Prezident Nursulton Nazarboev 26 aprel kuni Qozog‘iston xalqlar assambleyasida so‘zlagan nutqida Atirauda o‘tgan norozilik namoyishi tashkilotchilarini topish hamda jazolash to‘g‘risida ko‘rsatma berdi.

Nazarboev o‘z so‘zi davomida qishloq xo‘jalik yerlarining xorijliklarga sotilishi to‘g‘risida aytilayotgan ma’lumotlar haqiqatga zid ekanini bildirdi.

Qozoq prezidentining fikricha, namoyishni uyushtirganlar mamlakatdagi vaziyatni izdan chiqarishga harakat qilayotgan g‘alamislardir.

Yakshanba kuni Qozog‘istonning Atirau shahrida mingga yaqin odam namoyish o‘tkazib, yerni sotishga ruxsat beruvchi qonun qabul qilinganiga norozilik bildirgan edi. Mitingchilar bu qaror yerlarning xorijliklarga sotilib ketishiga sabab bo‘ladi, deb hisoblashgan.

Hukumat bu mitingning noqonuniy ekanini bildirgan bo‘lsa-da, namoyishchilarni tarqatish uchun kuch qo‘llagan emas.

XS
SM
MD
LG