Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:32

“Kollej qizlari Qandim zavodida ishlaëtgan xorijliklar uchun fohishalik qilmoqda”


19 aprel kuni Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida umumiy qiymati 3 milliard 300 million dollarlik Qandim gazni qayta ishlash kompleksi qurilishi boshlandi.

Bo‘lajak kompleks tamal toshini qo‘yish tantanasida O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoev va Rossiyaning “Lukoyl” korporatsiyasi prezidenti Vagit Alekperov ishtirok etdi.

Ozodlikka sim qoqqan qorako‘lliklardan biri¸ martabali mehmonlar cho‘lning o‘rtasidagi bu tantana joyiga vertolyotda uchib kelganiga qaramay¸ byudjet tashkilotlari va kollej o‘quvchilari bir hafta ular qadam bosmagan yo‘llarni tozalaganini aytadi.

Ayni suhbatdoshga ko‘ra¸ "rus va koreys mutaxassislari boshqarayotgan bu loyihaga minglab o‘ta arzon ishchi kuchi yetkazib berish barobarida¸ Qorako‘l va Olot tumanlarida xorijliklarga jinsiy xizmat ko‘rsatish tarmoqlari ham paydo bo‘lgan va bu ishga asosan kollej o‘quvchilari jalb etilmoqda".

Qorako‘lliklardan biri bilan suhbatni to‘lig‘icha tinglang.

Qandim zavodidagi xorijliklar uchun kollej qizlari fohishalik qilmoqda
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:37 0:00
Бевосита линк

Qorako‘l cho‘llarida qurilayotgan Qandim gazni qayta ishlash kompleksining 2018 yilda ishga tushishi va yiliga 8 milliard 100 million kubometr gazni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lishi kutilmoqda.

2015 yilning fevralida “Lukoyl” va Janubiy Koreyaning Hyundai Engineering konsortsiumi Qandim gazni qayta ishlash kompleksini qurish va ishlab chiqarish uskunalari bilan ta’minlash bo‘yicha 2 millard 662 million dollarlik shartnoma imzolagan edi.

XS
SM
MD
LG