Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:14

Kambag‘alni tuyaning ustida ham soliqchi "qopti"


Oilasini qanday boqishni bilmay¸ guruchfurushlikni orzu qilgan jizzaxlik mardikor¸ boshqa bozorga chiqmasligini aytadi.
Oilasini qanday boqishni bilmay¸ guruchfurushlikni orzu qilgan jizzaxlik mardikor¸ boshqa bozorga chiqmasligini aytadi.

Mardikor bozoridan ham ish topolmay¸ uch bolasini boqish uchun qarzga olingan 110 kilogram guruch bilan Jizzax bozoriga chiqqan kambag‘al ro‘zg‘orboshi¸ umrida birinchi marta bozorga chiqqanidan bir soat o‘tib-o‘tmay¸ viloyat soliqchilari o‘tkazgan reyd nishoniga aylandi.

OzodMikrofonga chiqqan jizzaxlik suhbatdosh - uch farzandning otasi.

Aytishicha, u uzoq vaqt Jizzaxdagi mardikor bozorlarida arzon-garov ustachilikka yollanib¸ birovlar eshigida ishlab¸ ro‘zg‘or boqib kelgan.

"Rossiyadan pul kelish kamayib¸ qurilish va remontlar ham to‘xtab qoldi va mardikor bozori ham o‘ldi. Bir-ikki tanga ishlab olay deb¸ qarzga 110 kilo guruch olib¸ bozorga sotish uchun chiqqan kunim¸ baxtga qarshi¸ viloyat soliqchilari reyd o‘tkazgan kunga to‘g‘ri keldi. Meni darrov bosishdi¸ qarzga olingan guruch ham musodara qilindi¸ noqonuniy tadbirkorlik qilding deb¸ ishimni sudga oshirishdi. Kambag‘alni tuyaning ustida it qopibdi¸ degani shunaqa bo‘lsa kerak"¸ deydi Ozodlik bilan suhbatda jizzaxlik ro‘zg‘orboshi.

Suhbatni quyida tinglashingiz mumkin:

Камбағални бозорда солиқчи босди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:43 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG