Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:38

CPJ: Jurnalist ayollar jinsiy tajovuzga duchor bo‘lmoqda


Jinsiy tajovuz, ijtimoiy tarmoqlardagi tahdidlar va jinsiy mansubiyatga ko‘ra kamsitish jurnalistlarning dolzarb mavzularda reportajlar tayyorlash va xabarlarni yoyinlashiga xalaqit berayapti. Bu haqda Qarorgohi Nyu-Yorkda bo‘lgan Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasining “Matbuotga hujum” sarlavhasi ostida yoyinlangan hisobotida aytiladi.

Jurnalist ayollarning boshdan kechirganlari tahliliy sharhlar ostida berilgan tashkilot hisobotida ular duch kelayotgan tahdidlarning oldi olinmasa, bu qanday oqibatlarga olib kelishi yuzaga chiqadi.

Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasining 2016 yilgi hisobotida asosan jinsiyat masalasi va matbuot erkinligi kesishgan nuqtadagi muammolar turli nuqtai nazarlardan ko‘rib chiqilgan.

XS
SM
MD
LG