Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:18

Tramp Oq uyga kelsa, Rossiya bilan aloqalarni yaxshilamoqchi


Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka yetakchi nomzod Donalьd Tramp prezident etib saylangudek bo‘lsa, Rossiya va Xitoy bilan aloqalarni yaxshilashga harakat qilishini aytdi.

27 aprel kuni Vashingtonda tashqi siyosat mavzusida chiqish qilgan Trampga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar bilan Rossiya o‘rtasida jiddiy ixtiloflar bor, biroq Moskva bilan oradagi taranglikni “kuch ko‘rsatish orqali” yumshatish mumkin.

Dunyoga Amerika manfaatlari nuqtai nazaridan turib boqishini bildirgan Tramp “umumiy manfaatlar”dan kelib chiqqan holda Rossiya va Xitoy bilan tutash nuqtalarni izlashini bildirdi.

Qo‘shma Shtatlar radikal islomchilarga qarshi urush holatida ekanini ta’kidlagan Donalьd Tramp, agar prezident etib saylangudek bo‘lsa, Suriya va Iroqning bir qismini nazorat qilib turgan “Islomiy davlat” guruhini yanchib tashlashga so‘z berdi.

XS
SM
MD
LG