Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:35

Moskva sudi 4 yashar qizchani o‘ldirgan o‘zbekistonlik enagani qamoqda qoldirdi


Bugun Moskva mahkamasi joriy yil fevralida 4 yashar nogiron qizchani o‘ldirgan o‘zbekistonlik enaga Gulchehra Boboqulova qamoq muddatini yana bir oyga uzaytirdi.

Mahkama arafasida "Interfaks" agentligi o‘z manbasiga tayanib¸ o‘tkazilgan psixiatrik ekspertiza Boboqulovani ruhiy jihatdan nosog‘lom deb topgani haqida xabar qilgan edi.

29 fevral kuni Gulchehra Boboqulova Moskvadagi "Oktyabrskoe pole" metro bekati qo‘lida bolaning kesilgan boshini ko‘tarib yurgan paytida hibsga olingan edi.

O‘zbekistonda uzoq yillar ruhiy kasal sifatida qaydda turganini bildirgan Boboqulova bu qotillikni Rossiya prezidentidan Suriyaga qo‘shin yuborgani uchun o‘ch sifatida amalga oshirganini aytgan edi.

XS
SM
MD
LG