Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:30

Afg‘onistondagi kasalxonni bombardimon qilgan AQSh harbiylariga intizomiy jazo berildi


O‘tgan yili Afg‘onistondagi kasalxonani bombardimon qilgan amerikalik uchuvchilarga ma’muriy-intizomiy jazo berildi.

Bu haqda payshanba kuni AQShning yuqori darajadagi rasmiylaridan biri matbuotga xabar bergan.

Axborot agentliklarining bildirishicha, AQSh harbiy rahbariyati Afg‘onistondagi kasalxona xatolik tufayli bambardimon qilingan, degan xulosaga kelgan va amerikalik 16 harbiyga intizomiy jazo belgilagan. Yuqori martabali manba harbiylardan birortasi jinoiy javobgarlikka tortilmaganini aytgan.

AQSh harbiy uchuvchilari o‘tgan yilning noyabrida Afg‘onistonning Qunduz viloyatidagi kasalxonalardan biriga bomba tashlagani oqibatida tinch aholi vakillaridan 42 kishi halok bo‘lgan edi.

AQSh harbiy rahbariyati mazkur voqea yuzasidan olib borgan tergov natijalarini bugun jamoatchilikka e’lon qilishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG