Линклар

Шошилинч хабар
17 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:25

O‘zbekistonda donasi 1-2 kiloli limon navi yaratildi


O‘zbekistonda har bir donasi 1-2 kiloga teng bo‘lgan limon navi yaratildi. Bu haqda O‘zbekistondagi axborot agentliklari 28 aprel kuni xabar tarqatdi.

Xabarlarda aytilishicha, limonning yangi navini Toshkent davlat agrar universiteti olimlari to‘qqizinchi innavatsion g‘oyalar yarmarkasida namoyish etgan.

Olimlarning aytishlaricha, limonning yangi navi odatdagiday besh yilda emas, balki to‘rt yilda meva bera boshlaydi. Mazkur nav serhosil bo‘lib, bir gektar yerdan 70-75 tonna limon olish mumkin.

To‘qqizinchi innovatsion g‘oyalar yarmarkasi Toshkentdagi “Ko‘rgazma savdo markazi”da o‘tkazildi. Yarmarkada Toshkent davlat agrar universiteti olimlari va talabalarining 20dan ortiq loyihalari namoyish etilgan.

XS
SM
MD
LG