Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:43

Ukraina sharqida sulh bitimini buzish holatlari ko‘paydi


Ukraina sharqidagi YeXHT monitoring guruhi 28 aprel kuni so‘nggi oylarda ukrain harbiylari hamda rossiyaparast ayrimachilar o‘rtasida sulh bitimini buzish ko‘rsatkichi eng yuqori darajaga yetganini ma’lum qildi.

Monitorining guruhi rahbari Ertugrul Apakan Avstriya poytaxti Venada bo‘lib o‘tgan YeXHT anjumanida so‘nggi bir necha hafta ichida “Ukraina sharqidagi qurolli zo‘ravonlik misli ko‘rilmagan darajdaga etdi”, deb bildirdi.

Apakan tomonlar Minsk shartnomasiga asosan taqiqlangan qurollar, ya’ni artileriya va minomyotlardan ko‘proq foydalana boshlaganini ta’kidladi.

2015 yil fevralida Ukraina sharqida urushayotgan tomonlar Belorus poytaxti Minskda Fransiya va Germaniya o‘rtamchiligida hamda Rossiya va Ukraina vakillari ishtirokida sulh shartnomasini imzolagan edi.

Ukraina sharqida 2014 yil bahorida boshlangan urush oqibatida shu kungacha 9100 odam halok bo‘ldi, 21 odam yaralandi.

XS
SM
MD
LG