Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:12

Eron BMT Bosh kotibini AQShga ta’sir o‘tkazishga chaqirdi


Eron BMTdan AQSh Oliy sudining Tehronga tegishli bank hisob raqamlarida muzlatilgan pullardan 2 milliard dollarini terror jabrdiydalariga tovon puli sifatida to‘lash haqidagi qarorini bekor qilishda ko‘mak so‘radi.

Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif BMT Bosh kotibi Ban Ki Munga yozgan makutbida AQShning bu qadami davlat immunitetiga tahdid qilish sifatida baholanishi mumkinligini bildirdi.

Zarif, shuningdek, BMTdan AQShdagi banklarda muzlatib qo‘yilgan Eron mablag‘larini ozod qilishda ko‘mak berishni iltimos qildi.

“Aslida Qo‘shma Shtatlar Eronga qarshi olib borgan siyosati uchun eronliklarga tovon puli to‘lashi kerak edi”, deb yozgan Zarif o‘z maktubida.

1979 yilda Eronda amalga oshirilgan inqilob paytida AQShning Tehrondagi elchixonasi egallab olingan. Bir yil o‘tib AQSh va Eron o‘rtasida diplomatik aloqalar uzilgan.

AQSh Oliy sudi elchixonani egallash paytida halok bo‘lgan va jabrlangan amerikaliklarga tovon puli to‘lash haqida qaror chiqargan edi.

Eron yadroviy dasturini ishlab chiqa boshlagini ortidan xalqaro hamjamiyat Tehronga nisbatan sanktsiyalar joriy qilgan va Eronga tegishli bank hisoblarini muzlatib qo‘ygan edi.

O‘tgan yilning yozida Eron yadroviy dasturini cheklashga rozi bo‘lganidan so‘ng xalqaro shartnoma imzolangan hamda bu mamlakatga qarshi bir qator sanksiyalar bekor qilingan.

XS
SM
MD
LG