Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:00

Qurultoy: Karimov Rossiya va Putinga imon keltirdi


O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Moskvada Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokarlari so‘ngida berilgan matbuot anjumanida bildirgan gaplarini Ozodlikning Qurultoy dasturida muhokama qildik. Karimov Putindan deyarli besh barobar uzunroq nutqida “Men Rossiya va Putinga ishonaman¸ buni jurnalistlar qanday talqin qilsa qilaversin” dedi. Qurultoyda qatnashgan jurnalist Shohida Yoqub bu bayonotni “siyosiy fohishabozlik” deb talqin qildi.

O‘zbekiston-Rossiya munosabatlariga oid Qurultoy eshittirishi


Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra¸ Islom Karimov va Vladimir Putin siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, harbiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etishgan.

Aytilishicha¸ Vladimir Putin O‘zbekiston tomonidan ShHTning iyun oyida Toshkentda bo‘ladigan sammiti muhokamasiga kiritilishi mo‘ljallanayotgan tashabbuslarni Rossiya tomoni qo‘llab-quvvatlashini qayd etgan.

O‘z navbatida Islom Karimov “Rossiyaning O‘zbekistondagi manfaatlarini” e’tirof qildi.

Karimovning Kremldagi va’zi bundan deyarli 70 yil oldin shoir Hamid Olimjon yozgan mana bu misralarga o‘xshashi dastur mobaynida aytildi

Rossiya, Rossiya mening vatanim,
Men sening o‘g‘lingman, emasman mehmon.
Sening tuprog‘ingda ulg‘aydi tanim,
Hozirman sen uchun bo‘lmoqqa qurbon…

XS
SM
MD
LG