Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:00

Rossiyaning Su-27 uchog‘i Boltiq dengizi ustida AQSh razvedka uchog‘i yo‘lini to‘sgan


Rossiyaning qiruvchi uchog‘i juma kuni Boltiq dengizi xalqaro hududlari ustida AQShning razvedka uchog‘iga juda yaqin masofada o‘ta xavfli "bochka" manyovrini amalga oshirgan.

AQSh Mudofaa vazirligi mulozimlariga ko‘ra, Rossiyaning Su-27 qiruvchi uchog‘i AQShning RC-135 razvedka uchog‘iga yetti yarim metr masofada tumshug‘i bilan ko‘tarilib, orqaga sho‘ng‘igan.

-Rus uchuvchisining noprofessional harakatlari deb har ikki uchoq ekipaji ziyon ko‘rishi mumkin edi, - deya bildirdi Pentagon mulozimi Deniel Fernandes.

12 aprelda Boltiq dengizida shunga o‘xshash hodisa ro‘y bergandi. Rossiya harbiy uchog‘i AQShning "Donald Kuk" harbiy kemasiga yaqin masofada uchib o‘tgandi.

14 aprelda esa Rossiya uchog‘i AQShning RC-135 razvedka uchog‘ini taqib qilib, uning qanotidan 15 metr uzoqlikda uchib o‘tgandi.

XS
SM
MD
LG