Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:16

NATO Rossiya sarhadlariga 4000 harbiy jo‘natish niyatida


NATOga a’zo mamlakatlar Rossiya bilan chegaradosh Boltiqbo‘yi davlatlari va Polshaga 4000 harbiy jo‘natish niyatida.

Bu haqda Wall Street Journal nashri amerikalik harbiy mulog‘imlar so‘zlariga tayanib xabar qildi.

Gazetaga ko‘ra, Rossiya sarhadlariga jo‘natiladigan NATO askarlarining yarmi amerikalik, qolgani Germaniya va Buyuk Britaniya harbiylaridan iborat bo‘ladi.

Bunday qaror Rossiya harbiy havo va dengiz qo‘shinlarining mintaqada kuchayib borayotgan faoliyatiga javob sifatida ko‘rilmoqda.

Rossiyani o‘zi uchun asosiy tahdid manbai deb biladigan uchala Boltiqbo‘yi respublikasi 1999 yilda NATO harbiy ittifoqiga¸ 2004 yilda esa¸ Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan.

Rossiyaning Qrimni anneksiya qilishi va Ukraina sharqidagi ayirmachilarni qo‘llashi ortidan NATO ayni kunlarda Boltiqbo‘yi davlatlari¸ qolaversa sobiq Varshava pakti a’zolari Polsha¸ Ruminiya va Bolgariya hududida mintaqaviy qo‘mondonlik-nazorat markazlari ochmoqda.

XS
SM
MD
LG