Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:07

Turkiyaning Suriya bilan chegaradosh shahrida portlash yuz berdi


Turkiyaning G‘oziantep shahri politsiya boshqarmasi yaqinida 1 may kuni yuz bergan portlashda bir politsiya zobiti halok bo‘ldi va yana 13 kishi yaralandi.

Dogan axborot agentligiga ko‘ra, mashinaga o‘rnatilgan bomba portlab ketgan.

CNN Turk televideniesi politsiya boshqarmasi yaqinida portlatilgan mashina parchalari va portlash sahniga yetib borgan tez yordam va o‘t o‘chirish mashinalarini namoyish qildi.

G‘oziantep viloyati hokimi Ali Erliqoyaning turk matbuotiga ma’lum qilishicha, jarohat olganlarning to‘qqiz nafari politsiya xodimlaridir.

Turkiya janubida joylashgan G‘oziantep shahri Suriyaning "Islomiy davlat" nazorat qilgan hududlari bilan chegaradoshdir.

XS
SM
MD
LG