Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:27

Istanbulda 1 may namoyishiga chiqqan 207 kishi qo‘lga olindi


Turkiyaning Istanbul shahrida 1 may kuni namoyishga chiqqanlardan 207 nafari turli sabablar bilan hibsga olindi.

Istanbulda joriy yilda 1 mayni rasman Baqirqo‘y mavzesida nishonlashga ruxsat berilgan edi. Biroq namoyishchilarning bir qismi Taqsim maydoniga yig‘ilgan va ruxsat berilmagan namoyish o‘tkazishga harakat qilgan.

Politsiya namoyishichlardan 207 nafarini hibsga olgan. Rasmiy xabarlarda aytilishicha, namoyishchilardan 17 portlovchi modda, 40ta yonuvchi butilka, 1 to‘pponcha, 176 feyerverk, niqoblar va noqonuniy chaqirqilar yozilgan plakatlar olib qo‘yildi.

Turkiyada 1 may “Mehnat va ishchi bayrami” sifatida nishonlanadi. 1 may kuni odamlar faqat hukumat belgilab bergan joylardagina tadbirlar o‘tkazishi mumkin.

1977 yilning 1 mayida Istanbulning Taqsim maydonida o‘tkazilgan 500 ming odam ishtirok etgan 1 may namoyishi politsiya tomonidan tarqatilayotgan paytda 34 odam halok bo‘lgan va 136 odam jarohatlangan edi.

XS
SM
MD
LG